Yong‘in texnikaviy ekspertizasi laboratoriyasi mudiri Yakubjon Rustemov gaz ballonli avtomobillarni haydashda nimalarga e’tibor berish kerakligi bo‘yicha tavsiyalar berdi. Uning aytishicha, qoidalarni bilmaslik, ba’zida esa beparvolik oqibatida baxtsiz hodisalar soni yildan-yilga oshmoqda.
O‘zbekistonda 300 tadan ortiq avtobus 2018-yildan beri texnik sinovdan o‘tkazilmagan holda odam tashib yurgani ma’lum bo‘ldi. Shu yuzasidan Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbitdin Burxonov bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatovga senator so‘rovini yubordi.
Qiziltepa tumanida Cobalt avtomashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portladi. Oqibatda haydovchi jarohatlandi, uning 3 yoshli bolasi shifoxonada vafot etdi.
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida gaz quyish shoxobchasida yoqilg‘i to‘ldirilayotgan «VAZ-2106» rusumli avtomobilning gaz ballonida portlash sodir bo‘ldi. Bunga mashinadagi nosozlik sabab bo‘lgani aytilmoqda. Viloyat FVB hech kim jarohat olmagani va yong‘in kelib chiqmaganini ma’lum qildi.
«Hududgaztaminot» iste’molchilar murojaatiga ko‘ra, suyultirilgan gaz yetkazib berish tartibini yangiladi. Bundan buyon kompaniya gaz ballonini olish bo‘yicha har bir murojaatni joyiga chiqib o‘rganadi. Oila a’zolari ko‘p xonadonlar ID-karta orqali ikki marotaba gaz olishlari mumkin bo‘ladi. Kompaniya shu yo‘l orqali olib sotarlarga qarshi kurashishni maqsad qilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting